NOna tili va adabiyot

Olmosh so‘z turkumi

Olmosh turlari: ko‘rsatish, kishilik, o‘zlik, so‘roq, belgilash, gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari — ma’ruza va 40 ta test.

📖 Ma’ruza📝 Mavzu testi (40 ta)

Olmosh so’z turkumi

Olmosh boshqa so'zlar, shuningdek, so'z birikmasi va gap o'rnida almashtirib qo'llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so'roq bildiruvchi so'zlardir. Masalan: Kitobni ko'p o'qisangiz, undan ko’p hikmat topasiz. Istagim shuki. doimo tinch-lik bolsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so'zi (ot) o'rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo lsin gapi o'rnida qo'llangan.

Olmoshlar ot, sifat, son, ba’zan fe’l va yordamchi so'zlar o'rnida almashinib qo'llaniladi. Qiyoslang:

  1. Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag'ishladi. Bu yerda u olmoshi gul (ot) o'rnida qo'llangan.

  2. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Bu yerda ana shu olmoshi pushti (sifat) o'rnida qo'llangan.

  3. Menda ikkita qalam bor, o'rtog'imda ham shuncha bor. Bu gapda shuncha olmoshi ikkita so'zi (son) o'rnida qo'llangan.

  4. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Bu olmoshi uza boshladi (fe'l) o'rnida qo'llangan.

MA’NOVIY XUSUSIYATI: Olmoshlarning atash ma’nosi bo'lmaydi. Shuning uohun ular «ichi bo'sh so'zlar» deb ham yuritiladi. Olmoshlarning qaysi ma'noda ki inyotgani matnda qaysi so'z yoki gap o'rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi.

Morfologik xususiyati: olmoshlar:

I Morfologik usul (so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shib so'z ya- nif !> 1 orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi.Lekin ular boshqa so'zlarning , ' г ;higa asos bo lishi mumkin. O'zboshimcha, o'zbilarmon, manmankabilar o'zidan ketmoq, o'ziga kelmoqkabilar ibora; sizlamoq, sensiramoq o'zlik - ot; 0’zicha, o'zingcha, o'zimcha- ravish sanaladi.

: ' 'imoshlar otlarga xos shakl yasovchilarni qabul qiladi:

ke'lishik qo'shimchalarini qabul qiladi.Bunda kelishik qo'shimchalari ol- moshlarda doimo belgili qo'llanish bilan farq qiladi. Masalan: se ning, uni,, shunda, hammaga, qancha dan kabi. Lekin o'zlik olmoshida qaratqich kelishigi: o’z uyim - o’zimning uyim kabi va so’roq olmoshida tushum kelishigi: nima ola- siz — nimani olasiz kabi belgisiz qo'Hanadi. Ba’zi olmoshlarga kelishik qo'shimcha- lari qo'shilganda so'z asosida turli fonetik o'zgarishlar kuzatiladi: men + ning = mening, sen + ni = seni, u + ga = unga, bu + dan = bundan kabi.

  1. olmoshlarning egalik qo’shimchalarini olib qollanishida ham ay rim xususiyatlar mavjud. Ko'rsatish olmoshlariga I va I shaxs egalik qo'shimchalari bir marta qo'shiladi:

shu + im = shunim bu + ing = buning kabi.

Ko'rsatish olmoshlariga III shaxs egalik qo'shimchalari ikki marta qo'shiladi: shu + i + si = shunisi bu + i + si = bunisi kabi.

Qa si, necha, hamma, barcha, bari olmoshlariga I shaxs birlik sondagi ega­lik qo'sh»-nchalaridan boshqa barcha egalik qo'shimchalari qo'shilib kela oladi; qay- sim deb qo'llab bo'lmaydi, qaysinimiz, qaysining, qaysisi deb qo'llash mumkin yoki hammam deb qo'llab bo'lmaydi, hammamiz, hammangiz, hammasi ta r- zida qo'llash mumkin.

Kishilik olmoshlariga egalik qo'shimchalari umuman qo'shilmaydi.

  1. ko’plik qo'shimchasini qabul qiiishda ham olmoshlar osziga xos xususiyatga eда. I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi men -!ar qo'shimchasi bilan birga qo'llanmaydi. li shaxs birlikdagi kishilik olmoshi sen -lar qo'shimchasi bilan birga qo'Hanganda (senlar) ko'pincha tinglovchiga hurmatsizlik bilan mensimay qarash munosabati ifodalanadi. I va II shaxs ko'plikdagi kishilik olmoshlari (biz, siz)ga -lar qo'shimchasi qo'shilib kelganda esa so'zlovchi va tinglovchining ko'pligini emas, bir so'zlovchi va boshqalar, bir tingfovchi va boshqalarni ifodalaydi: bfzlar, sizlar kabi.

Otlarga ishora qiluvchi so'roq olmoshlariga (kim, nlma) -lar qo'shimchasi qo'shilganda ko'plik va bir shaxsga hurmatni bildiradi. Bunday so'roq olmoshlari takrorlanib ham ko'plikni ifodalashi mumkin: Kim-kim keldi? Nima-nima olding? Ba’zan takrorlangan bunday olmoshlardan keyin ham -lar qo'shimchasi qo'shilib kela oladi: Kim-kimlar keldi? Nima-nimalar olding? -lar qo'shimchasi ayrim so'roq olmoshlariga qo'shilganda taxmin, chama kabi ma’nolar anglashiladi: Soat nechalar bo’ldi? Yoshi nechalarda?Qachon so'roq olmoshi -lar qo'shimchasini olib uko’p vaqf degan ma’noni ham ifodalay oladi: Kelganim qachonlar edi.

SINTAKTIK XUSUSIYATI:

  1. Olmosh hech vaqt o'zidan oldin aniqlovchi ofmaydL Masalan, men, sen, biz, shu, necha, kim, nima kabi olmoshlar birorta aniqlovchi bilan birga qo'llanmaydi.

  2. Olmoshlarni gapda bajargan sintaktik vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. ot toifasidagi olmoshlar (men, sen, u, biz, siz, ular, kim, nima kabi). Bunday olmoshlar otlarga ishora qiluvchi olmoshlar bo'lib, otga xos egalik, kelishik qo'shimchalarini qabul qiladi va gapda ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi, ya’ni ega, qaratqich aniqlovchi, to'ldiruvchi kabi: Bjz (ega) shonli yolni bosib o'tdik. Kimnina (qaratqich aniqlovchi) xati chiroyli? Sizdan (to'ldiruvchi) ugina, bizdan (to'ldiruvchi) bugina.

  2. sifat toifasidagi olmoshlar (qanday; qaysi, shunday, bunday, bu, shu kabi). Bunday olmoshlar sifatlarga ishora qiluvchi olmoshlar bo'lib, ular sifatlarga o'xshab, sifatlovchi aniqlovchi, kesim, hoi vazifalarini bajaradi: O'sha (sifatlovchi aniqlovchi) qizni taniyman. Shunday (ravish hoi) yashar odatda inson. Maqsadim - shu (kesim).

  3. son toifasidagi olmoshlar (qancha, nechta, necha, nechanchi kabi). Bunday olmoshlar miqdorni ifodalash uchun qo'llanadi va gapda sifatlovchi aniqlovchi, daraja-miqdor holi, kesim vazifalarini bajaradi: Nechanchi (sifatlovchi aniqlovchi) uyda turasiz? Yoshingiz nechada (kesim)? Qancha (daraja-miqdor holi) o'qisangiz, shuncha (daraja-miqdor holi) ko'p bilasiz.

  4. ravish toifasidagi olmoshlar (qachon, qayerda, qani, nega, qanday kabi). Harakat belgisini yoki voqea-hodisaning bajarilish o’rni, payti, sababi, maqsadini bildiradi. Ular gapda hoi va kesim vazifasini bajaradi: Neaa (sabab holi) kulasiz? Qachon (payt holi) kutubxonaga borasiz? Qarii (o'rin holi) o’sha xayolchan kuychi? Oyim qaverdalar (kesim)?

  1. so’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari ergashgan qo(shma gaplarda nisbiy so’z vazifasini bajaradi va ularni bog lovchi vosita sifatida qatnashadi: Qayerda bilim bolsa, o(sha yerda yuksalish bo'ladi. Uyda nima bo'lmasa, dadam o'shani bozordan keltiradilar.

Ko’rsatish olmoshlari

Ko'rsatish olmoshlari narsa-buyumni, shaxsni ko'rsatish uchun ishlatiladigan ol- moehlardir: u, bu, oesha, ushbu, ana, mana, ana bu, mana bu kabi. Ko'rsatish ulinoshi - oldingi gap, gapdagi biron-bir so'z, so'z birikmasi o'rnida qo'llanilib, unga llhora qiluvchi yoki biror so'zni aniqlab keluvchi olmoshlar.

KoVsatish olmoshlari.

1 So zga ishora qiladi: Salim o’nta tosh kc’tara oladi. Men ham thuiwltii tosh ko’tarishga harakat qilyapman.

  1. So'z birikmasiga ishora qiladi: Menina so'zlaaan gaolarim ayni haqiqatdir. Bunaa siz, aibatta, ishonishingiz kerak.

  2. Gapga ishora qiladi: Kim navzani uzukdan o'tkazsa. o:sha g'olib bo'ladi.

  3. So’z ma’nosini aniqlab keladi. Bunday olmoshlar o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin qo’llanadi. Masalan: Bu daftar meniki.

Ko'rsatish olmoshlari quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega:

  1. u, bu, shu, o'sha ko'rsatish.olmoshlari uzoq yoki yaqin masofadagi narsa va shaxslarga ishora qilishi jihatidan farqlanadi: bu, shu, ushbu olmoshlari so'zlovch- iga yaqin masofadagi narsa va shaxslarga ishora qiladi: Yormat, bu bola jiyanim bo'ladi. U, o'sha olmoshlari so'zlovchidan uzoq masofadagi narsa va shaxslar­ga ishora qiladi: Ularning ikkisi ko'chaning и boshida, ikkisi bu boshida sergak turardi.

  2. ko'rsatish olmoshlari narsa va shaxslarga vaqt jihatidan ishora qilishiga ko'ra ham farqlanadi: Bu, shu, ushbu olmoshlari yaqinda tilga olingan obyektlarga ishora qilsa, u, o'sha olmoshlari oldin tilga olingan obyektlarga ishora qiladi: Chindan ham uni ko'rgan kishi hozir ishongisi kelmaydi, shu Ismoilov o'sha Ismoilovmi?

  3. ko'rsatish olmoshlari narsa va shaxslarga tanish-notanishlik jihatidan ishora qilishiga ko'ra ham farqlanadi. Shu, o'sha olmoshlari so'zlovchi va tinglovchiga tanish bo'lgan obyektlarga ishora qiladi: O'sha men aytgan odam''Nas- riddin Afandi bo'ladi. Bu, и olmoshlari so'zlovchi va tinglovchiga notariish bo'lgan obyektlarga ishora qiladi: Keyin bu begona yigitga boshdan oyoq havas qilib qaradi.

Ko'rsatish olmoshlari quyidagi so'zlar o'mida qo'llanadi:

  1. Belgi (sifat) o'mida. Bunday olmoshlar otdan oldin kelib, ularning aniqlovchisi bo'lib keladi: 1. Bu (qaysi?) cholni butun yurt izzat qilardi. 2. U Saidiy bilan do'st edi, bu (qaysi?) do'stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. 3. Tog'asining shu (qaysi?) odati sababli o'g'li Haydar ham, qizi Tohira ham bu (qay­si?) xonadondan bezib ketishdi.

  2. Ot o'rnida. Bunda ko'rsatish olmoshi otga xos egalik, kelishik, ko'plik qo'shim- chalarini qabul qiladi: 1. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o'shanina bo'ynida. 2. Byjushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi?

Ko'rsatish olmoshlari tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy olmoshlarga bo'linadi.

Ko'rsatish olmoshlarining tuzilishiga ko'ra turlari
sodda u, bu, shu, o'sha, ana, man a
qo'shma ana shu, man a bu, ana o'sha
juft u-bu, ul-bul
takroriy shu-shu, o'sha-o'sha

Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og'zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shun- day yozilishi mumkin.

Ko'rsatish olmoshlaridagi fonetik o'zgarishlar:

  1. kelishik qo'shimchalari -ga, -da, -dan ta’sirida so'z asosida “n” tovushi ortadi:

u + ga = unga, shu + da = shunda, bu + dan = bundan

  1. egalik qo'shimchalari qo'shilganda asos bilan qo'shimcha orasida bir n tovushi orttiriladi:

bu + im = bunim, shu + imiz = shunimiz, o'sha + ing = o'shaning

Eslatma: ko'rsatish olmoshlariga III shaxs egalik qo'shimchalari ikki marta qo'shiladi:

u + i + si = unisi, bu + i + si = bunisi, shu + i + si = shunisi

  1. -day, -dek, -qa, -cha qo'shimchalari qo'shilganda asos bilan qo'shimcha orasida bir n tovushi orttiriladi:

o'sha + aqa = o'shanaqa, bu + cha = buncha, shu + day = shunday

! Esda saqlang: Shu onda, shu tobda, и yoqqa, bu yoqqa, и yerda, bu yerda kabi so'zlar qo'shma ravishlar hisoblanib, ularning tarkibidagi olmoshlar ko'rsatish olmoshi sifatida ajratilmaydi. Masalan, Gapning butun dahshati unga shu tobda bilindi gapida butun va unga so'zlari olmosh hisoblanadi, shu tobda so'zi esa qo'shma ravish, olmosh emas.

Kishilik olmoshlari

Kishilik olmoshlari - uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar. Men - so'zlov­chi; sen, siz - tinglovchi; biz - so'zlovchi va tinglovchi; u, ular - nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea, hodisalar-o'zga.

Kishilik olmoshlari
Shaxslar Biriik Ma’nosi Kop'lik Ma’nosi
Ishaxs men so'zlovchi biz so'zlovchi va tinglovchi
II shaxs sen tinglovchi siz tinglovchilar
III shaxs u o'zga - ular o'zgalar (nutqdan tashqaridagi shaxs, narsa, voqea- hodisalar)

H i /an biz, siz, ular biiiik ma’nosida ham qo'llaniladi, bunday hollarda ular uslubiy v« ii« bajargan hisoblanadi. Siz, ular hurmatni ham ifodalaydi, biz biriik o'rnida ishlatil- к imtartik, bajargan ishida o'zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening и* »iмi miga bizning uyimiz, Men g'olib chiqdim o'miga Biz g'olib chiqdik.

Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan: Sen kelding o'rniga Siz keidingiz, U keidi o'rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda ko'pincha ko'plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxtyor bo'lsin.

Kishilik olmoshlari turlanganda:

  1. tovush tushishi kuzatiladi:

men + ning = mening, men + ni = meni, men + niki = meniki

sen_+ ning = sening, sen + ni = seni, sen + niki = seniki

  1. tovush orttirilishi kuzatiladi:

u + ga = unga, u + da = unda, u + dan = undan

Mening og’am ichinda, soqollari tashinda. Iloji bolsa, unga bildirmaylik.

Esda saqlang: «u » kishilik olmoshi bilan «и» ko'rsatish olmoshi shakldosh. Ular bir-biridan quyidagicha farqlanadi:

  1. so'rog'iga ko'ra;

  2. gapdagi vazifasiga ko'ra;

  3. qaysi so'zlar bilan birikib kelishiga ko'ra.

U ketdi

kishilik

olmoshi

ega kim? so'rog'iga javob bo'ladi
U kishi keldi

ko'rsatish

olmoshi

aniqlovchi qaysi? so'rog'iga javob bo'ladi

Eski o'zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o'rnida ko'pincha faqir, kamina, kaminayi kamtarin, quiingiz, bandayi ojizingiz singari so'z va birikmalar qo'llaniladi. Hozirgi o'zbek tilida ham xuddi shu ma’noda ba’zan men olmoshi o'rnida kamina so'zi ishlatiladi. Men olmoshi o'rnida yuqorida sanalgan so'zlar ega vazi- fasida qo'llanganda kesim ba’zan III shaxs shaklida, ba’zan esa I shaxs shaklida (asosan, eski o'zbek tilida) bo'lishi mumkin. Bunda kesim I shaxsni bildirsa ham, III shaxs shaklida bo'ladi.

  1. Fag/'rsizning xizmatingizga bel bog'lagan.

  2. Sizni hamisha duo qilib qoluvchi bandayi ojizingiz.

  3. Kechirasiz, rais, kamina bugun emas, o'g'lingizni shogirdlikka olgandayoq buni anglagan.

  4. Kamina ham suhbatlaringizni sog'inganmen.

  5. Sizga ne bo'ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo'ydingiz.

  6. Tabibiy entikdi: - Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim.

  7. Xuilas kalom, и mahalda kamina endigina institutni bitirib, yoshlar gazetasiga ishga kelgandim.

  8. Faqir hozirtaxmin qildimkim, Movarounnahrda ko'chki bosgan buloq, balki, shu yerga kelib qayta ko'z ochgandir?

Kishilik olmoshlariga egalik qo'shimchalari umuman qo'shilmaydi.

Kishilik olmoshlari tuzilishiga ko’ra:

  1. sodda olmoshlar: men, sen, u, biz, siz, ular. Bir vaqtlar qarshimdan o'tsang, seni (sodda) derdim oddiy yo'lovchi.

  2. juft olmoshlar: siz-u biz, siz-biz juft. Siz-u biz (juft) ulug’ ishga bel bog'ladik.

Kishilik olmoshining sintaktik vazifalari:

  1. ega: Men keldim.

  2. to'ldiruvchi: Senaa aytaman.

  3. qaratqich aniqlovchi: Uning ukasi kelibdi.

  4. ot kesim: Eng yaxshi do'stim sensan.

O’ZLIK OLMOSHI

0’zlik olmoshi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanilib:

  1. shaxsni ko'rsatadi:

Ikromjon xotinini qoldirib, оУ(shaxs) idora tarafga ketdi.

Maksimichning qolidagi pidjagi g'ijimlangan, o^i (shaxs) terlab, bo'g'riqib ketgan

edi.

Rostini aytsam, o’zim (shaxs) ham unchalik yomon bola emasman.

0’zimga o'zim (shaxs) gapira boshladim.

  1. predmetni ko'rsatadi:

Q’zi (narsa) bukur, tishi o'tkir, dehqonga o'rtoq.

O'zi (narsa) pishiq, burni qiyshiq.

0’zlik olmoshi quyidagicha leksik-grammatik xususiyatlarga ega:

  1. 0’zlik olmoshining egalik qo'shimchasini olgan shaklini kishilik olmoshi bilan almashtirish mumkin. Masalan: 0’zim ham hayronman - Men ham hayronman. O'zino borasan - Sen borasan. 0’zlik olmoshi ibora tarkibida kelgan- da uni kishilik olmoshlari bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan, Qurvonbibi fotiha to'yidan keyin biroz o'ziga kelgan edi.

  2. 0’zlik olmoshlari ba’zan egalik qo'shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o'zim, sening o'zing, sen o'zing, uning o'zi, и o'zi tarzida qo'llaniladi va bu vaqtda ko'pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosini yuklaydi. 0’zlik olmoshlari narsa yoki shaxslarning ma’nosini ta’kidlaydi. Qiyoslang: O'zim keldim- Menina

  1. 0'zlik olmoshi tarkibidagi -lar qo'shimchasi ikki xil vazifani bajaradi:
  1. morfologik vazifa, ya'ni grammatik ko'plik. Masalan, Bolalarning o'zlari uycha yusadilar;

  2. uslubiy vazifa. Bunda ko'plik ma’nosi emas,

b) kinoya, kesatish ma’nolari ifodalanadi: 0’zlari ham kelibdilar-da.

  1. 0’zlik olmoshi turlanganda, qaratqich kelishigi belgili va belgisiz ishlatiladi. Bunda qaratqich kelishigi bilan birgalikda o'zlik olmoshi tarkibidagi egalik qo'shimchasi ham tushiriladi: o'z uying - belgisiz, o'zinaninq uying - belgili.

Esda saqlang: O'zlik olmoshi egalik qo'shimchalarisiz qo'llanmaydi. O'zlik olmosh iga kelishik qo'shimchalari egalik qo'shimchasidan key in qo'shiladi: o'zimga, o'zingdan kabi.

  1. O'zlik olmoshlari gapda quyidagi sintaktik vazifalarda kela oladi:
  1. Aniqlovchi:O'zinina ovozi uzoqdan eshitilganday tuyuldi.

  2. Ega:O'zim ham hayronman. Uyingizga o'zim kuzatib qo'yaman.

  3. To'ldiruvchi:O'zinani er bilsang, o'zgani sher bil.

  4. Kesim: Bu ishlarni qilgan o^i.

  1. 0’zlik olmoshi tuzilishiga ko’ra:
  1. sodda olmosh: Ozi (sodda) pishiq, bumi qiyshiq.

  2. takroriy olmosh: O'z-o'zinqni (takroriy) hurmat qilishni o'rgan.

  1. O'zlik olmoshidan ravishga ko'chgan so'zlar mavjud. Bular o'z-o'zidan, o'zidan o'zi, o'z-o'zicha so'zlaridir.

0’z-o’zidan so'zi:

  1. olmosh: Otabek o'z-o'zidan nafratlanib ketdi.

  2. ravish: Mashina o'z-o'zidan yurib ketdi.

  3. modal so'z: O'z-o'zidan, yurtdagi muammolar hal bo'laveradi.

So'roq olmoshlari

So'roq olmoshlari - shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, sabab, o'rin, payt haqida so'roqni bildiruvchi olmoshlar.

So’roq olmoshining turlari:
1. Shaxs so'rog'i kim?
2.

Narsa-hodisa

so'rog'i

nima? (ne, na ko'rinishlari ham mavjud)
3.

Belgi-xususiyat

so'roqlari

qanday? qanaqa? qaysi?
4. Miqdor so'roqlari nechta? qancha? nechanchi?
5.

Sabab-maqsad

so'roqlari

nima uchun? nega? nima sababdan? nima maqsadda?
6. 0’rin-joy so'roqlari qayerda? qayerga? qani?
7. Payt so'roqlari qachon? qachondan?
Ba’zan belgi-xususiyat so'rog'i o'rnida narsa-hodisa so'rog'i ishlatiladi: Nima (qanday) ishlari bor ekan?

So'roq olmoshlari quyidagicha leksik-grammatik xususiyatlarga ega:

  1. So'roq olmoshlari ikki xil vazifa bajaradi:
  1. darak gaplarni so'roq gaplarga aylantiradi: Dars tugacii- darak gap. Qachon dars tugadi? - so'roq gap. So'roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so'roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so'roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. Masalan, Kim shaxmat to'garagiga qatnashadi? Esda saqlang: So'roq olmoshlari kuchli ohang bilan aytiladi va mantiqiy (gap urg'usi) urg'u oladi: Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? Qanday fazilatlar in- songa ziynat bag'ishlaydi?

  2. ergashgan qo'shma gaplarda ko'rsatish olmoshi bilan birga- likda nisbiy so'z vazifasini bajaradi. Ergash gap tarkibida so'roq olmoshi va bosh gap tarkibida ularga ishora qiluvchi ko'rsatish olmoshlarining bir-birini taqozo etib kelishiga nisbiy so'zlar deyiladi. Ergash gaplar tarkibida qollanuvchi so'roq olmoshlari so'roq ma’nosini bildirmaydi. Masalan, Kim ko’p o’qisa:и ko'p biladi.

  1. So’roq olmoshlari turlanganda tushum kelishigi belgili va belgisiz qo'llanadi:nima olding? - belgisiz, nimani olding? - belgili.

  2. So'roq olmoshlari tuzilishiga ko'ra:

  1. sodda oimosh: kim, nima, qayer, qachon, qandaykabi;

  2. takroriy olmosh: kim-kim, nima-nima. qancha-qancha kabi. So'roq ol­moshining takroriy shakli ko'plik ma'nosini ifodalavdi. Qivoslang: Majlisga kim-kim keldi?

  1. So'roq olmoshlarining sintaktik vazifalari. So'roq olmoshlari qaysi so'z turkumi o'rnida kelsa shu turkum bajargan sintaktik vazifani bajaradi.
  1. ega vazifasi: Kim kitob o'qivdi?

  2. qaratqich-anlalovchi: Kimnina xati chiroyli?

  3. sifatiovchi-aniqlovchi: Insondagi qavsi fazilatlarni ulug'laysiz?

  4. sabab holi: Nega uni otdami, aravadami eltib qo'yilmadi?

  5. payt holi: Siz qachon uyga borasiz?

  6. vositasiz to'ldiruvchi: Bozordan nima oldingiz?

h) vositali to'ldiruvchi: Inson nimadan saalanishi kerak?

  1. Qani so'zi:
  1. so'roq olmoshi: Kitobim qani?

  2. nutqiy odat undovi: Qani, ovqatga marhamat.

Belgilash olmoshlari

Belgilash olmoshlari - to'pdan ajratilgan voki jamlab ko rsatilgan shaxs, narsa- nodisa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar. Demak, to'pdan ajratilgan voki jamlab ko'rsatilgan shaxs. narsa, beigi. harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshi sanaladi. Belgilash olmoshlari ikki xi! ma’no bildiradi:

  1. Ajratuvchi belgilash olmoshlari to'pdan ajratilgan shaxs, narsa-hodisa, iwlgi, harakat-holatlarni ifodalaydi. Ular har so'zining so'roq olmoshlariga, bit so'ziga

qo'shilishidan hosil bo'ladi: har bir, harkim, har qanday, har qaysi, har narsa, har qachonkabi.

  1. Jamlovchi belgilash olmoshlari shaxs, narsa-hodisa, belgi, harakat-holatlarni jamlab ifodalaydi. Ularga hamma, barcha, bah, butun, jami, jamiyki, yalpi olmoshlari kiradi.

Belgilash olmoshlari:

  1. belgi (sifat) o'rnida ishlatiladi:

0’g’limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifang.

Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga.

Dildorning bari q aplari haqiqat edi.

Bu gapning butun dahshati endi bilindi.

Butun xalq yopirilib Katta Farg’ona kanalini qazdik.

Aybdor o’zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi.

  1. shaxs-narsa (ot) o'rnida ishlatiladi:

Hamma hasharga qatnashdi.

Hammaпорок, hamma egri, yolg'iz siz to'g'ri.

Biznikiga mehmon keldi, hammasinina qoshi qora.

Agar u guzardan hassasini do'qillatib o'tib qolsa, hamma barobar qalqib, to o'tib ketgunicha ta’zimda turardi.

Hamma perronda, hamma o’z jigarini qidiradi.

Har kim o'z quvonch va orzularini bildirib turarkan, Majdiddin, Nizomulmulk kirdi. Butun so’zi:

  1. sifat: Dildora yosh bo'lsa ham, aqli butun (sifat).

  2. olmosh: Butun (olmosh) xalq yopirilib Kattakon Farg'ona kanalini qazdik.

Belgilash olmoshlari tuzilishiga ko’ra:

  1. sodda olmosh: Ulug' ajdodlarimiz ilm-u ma’rifatlari bilan ham butun (sodda) olamni fath etganlar.

  2. qo'shma olmosh: Har kim (qo'shma) ekkanini o'radi.

  3. takroriy olmosh: Hamma-hammaslaa (takroriy) uning o'zi aybdor.

Esda saqlang: har so'zi aniq vaqt yoki joy nomini bildiruvchi so'zlarga qo'shilganda olmosh emas, ravish hisoblanadi. Har qachon- olmosh, har kuni - ravish. Har kuni, har vaqt, har doim. har zamon, har on, har lahza, har fursatda, har yerda, harjoyda so'zlari ravishlar hisobalanadi.

Gumon olmoshlari

Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida uning ma'nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlar gumon olmoshlari deyiladi. Ular narsa, belgi, shaxs, voqea-hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladi.

Gumon olmoshlari quyidagicha hosil qilinadi:

  1. so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi. Alla- qo'shimchasi so'roq olmoshlari oldidan qo'shiladi: allanarsa, allakim, allaqanday, allaqaysi, allaqachon kabi. Narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.

Pochchamaan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o'tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim.

Shoira ham ko'z yoshidan hech narsani ko'rmay, allanimalar deb g'udrandi.

Allaqayerdan oyim paydo bo'ldi.

Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorga joyladik.

  1. so'roq olmoshlariga -dir qo'shimchasini qo'shish orqali hosil qilinadi. -dir qo'shimchasi so'roq olmoshlari ortidan qo'shiladi: kimdir, nimagadir, qandaydir, qachondir, qayerdadir, qamchadir, qaysidir, negadir kabi. Har ikki qo'shim­cha asos qism bilan qo'shib yoziladi.

O'zbek oyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko'tarib kirib qoldi.

Kimdir qarshi so'z aytgan edi, muallim jerkib tashladi.

  1. bir so'zi kishi, narsa, nima kabi so'zlarga qo'shilib bu so'zlarga gumon ma'nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so'zi gumon olmoshi o'rnida qo'llangan bo'ladi.

Tashqarida sizni bir/c/s/7/chaqiryapti.

Bir nima dedingizmi?

Yaqindan bir narsaning sharpasi eshitildi.

  1. birov so'zi ham kimdir so'zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon ' ilmoshi hisoblanadi. Birovning aybini senga aytgan sening aybingni ham birovga

•ytadi.

Gumon olmoshlari tuzilishiga ko’ra:

a) sodda olmosh: birov, kimdir, qachondir, allaqanday, allakimkabi;

l>) qo'shma olmosh: bir kishi, bir nima, bir narsakabi.

I sda saqlang: allamahal so'zi olmosh emas, ravish hisoblanadi.

Bo’lishsizlik olmoshlari

Shaxs, narsa, harakat, belgi-xususiyat, miqdor, o'rin-joy, paytga nisbatan inkor- ni bildiradigan olmoshlar bo'ishsizlik olmoshlari deb ataladi: Hech kim kelmadi. Bo'lishsizlik olmoshlari so'roq olmoshlari va bir, narsa, nima so'zlari oldidan hech so'zining qo'llanishi natijasida hosil bo'ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon, hech qanday, hech qancha, hech narsa so'zlari bo'lishsizlik olmoshlaridir va ular yozuvda ajratib yoziladi.

Shaxs, narsa-buyumga nisbatan inkorni bildiruvchi bo'lishsizlik olmoshlari ot o'rnida almashib qo'llanganligi uchun kelishik, egalik qo'shimchalarini olib, gapda otlar kabi vazifani bajarib keladi: Hech narsamizcta tegmang.

Hech kim olmoshi оtot o'rnida qo'llangani uchun ham egalik va kelishik qo'shim­chalarini olib, gapda otlar kabi vazifani bajarib keladi: Mening hech kimim yo'q.

Hech nima olmoshi narsaga nisbatan inkorni bildiradi: Hech nimani sezma- di. Hech nima olmoshi ham ot turkumiga tegishli boigan egalik va kelishik qo'shim­chalarini qabul qiladi hamda gap tarkibida ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi: U hech nimadan qo'rqmaydigan odam.

Hech qanday olmoshi narsaning belgisini inkor qiladi: Uni hech aandav gap bilan ko'ndirib bo'lmaydi.

Hech qayer olmoshi o'ringa nisbatan inkorni bildiradi va gapda turli kelishik shakllarida kelib, o'rin ravishi va otga xos vazifalarni bajaradi: Hech aaverda yo'q edi. Hech aaver ham tug'ilib o'sgan yerga yetmaydi.

Hech so'zi narsa so'zi bilan birga kelib, predmetga nisbatan inkorni bildiradi va gap tarkibida ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi: Uni hech narsa qiziqtirmas edi.

Misoilar:

  1. Hech fc/'rso’zingizga tushunmadim.

  2. Hunarli odam hech qachon kam bo'lmaydi.

  3. Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.

  4. Hecn bandaning boshiga farzand dog'ini solmasin ekan.

  5. Yo'q, xo jayin, qornim to'q, hech nima yegim kelmay turibdi.

Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari

Olmoshlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi.

  1. SODDA OLMOSHLAR - faqat bir asosdan iborat bo'lgan olmoshlar. Kim, nima, hamma, barcha singari tub olmoshlar, qaysidir, allakim, allaqanday kabi yasama olmoshlar sodda olmoshlardir. Yasama sodda olmoshlar qismlari qo'shib yoziladi, ular faqat gumon olmoshlarida uchraydi.

  2. QO'SHMA OLMOSHLAR - ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar. Tarkibida nech, bir, har qismlari mavjud bo'lgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir.

Qo'shma olmosh qismlari ajratib yoziladi. Ko'rsatish, belgilash, gumon, bo'lishsizlik olmoshlarida qo'shma olmoshlar ham mavjud. Bo'lishsizlik olmoshlari faqat qo'shma olmoshlardan iborat. Masalan, hech kim, hech qaysi, hech bir, hech qachon kabi. Gumon, belgilash, bo'lishsizlik olmoshlarida uchraydigan qo'shma olmoshlar tarkibida so'roq olmoshlari ishtirok etadi. Masalan, bir nima(gumon olmoshi), har nima(belgilash olmoshi), hech nima(bo'lishsizlik olmoshi) kabi. Qo'shma ko'rsatish olmoshlari bir xil turdagi olmoshlaming qo'shilishidan hosil bo'ladi: mana(ko'rsatish olmoshi) shu(ko'rsatish olmoshi), ana shu, mana bu, ana bu kabi.

  1. JUFT OLMOSHLAR - bir-biriga mazmunan yaqin olmoshlar: ui-bul, un- da-bunda, siz-u biz. Kishilik va ko'rsatish olmoshlari juft holda ham ishlatiladi.

  2. TAKRORIY OLMOSHLAR - bir olmoshning aynan yoki yarim tovush o'zgarishi bilan (masalan: uncha-muncha) takrorlanishidan hosil bo'lgan olmoshlar. Ko'rsatish, o'zlik, so'roq, belgilash olmoshlari takroriy holda ham qo'llaniladi. Masalan, shu- shu, o’sha-o’sha, o'z-o'zimga, kim-kim, nima-nima, hamma-hammasi kabi.

Misoilar:

  1. Halimaxonni ko'rdim, sira o'zgarmabdi: hamon o’sha-o’sha.

  2. Shu-shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqanday iztirobga soluvchi g'alati hislar girdobiga tushib qoldi.

  3. Yormat Yo'lchi bilan yonma-yon yurib eski tanish kabi undan-bundan so'zlashib bordi.

  4. Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborasiz.

1 -mashq. Gaplarni o'qib olmoshlarni aniqlang va ularning ishlatilish o'rniga diqqat qiling.

Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog'inch va orziqishlarda yashaymiz, mo'tabar tuprog'imizning har bir qarich yerini, har bir giyohini ko'zimizga surtamiz. 2. Siz Sherali Jo'rayev bugun Toshkentda ijro etgan yangi qo'shiqning ikki kundan keyin Termiz shahridagi ovoz yozish nuqtalarida yangrayotganiga ajablanmaysiz, chunki bilasiz: yaxshi qo'shiq ham xushxabardek tez tarqaladi (S.Sayyid). 3. Gaplaringizdan juda shodman, lekin mana bu cho'pon, hamma gapdan, hatto mendan, mening hayotimdan ham xabardor bo'lgan Qo'ychibor aka kim bo'ldi? 4. Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik quyidagi aytilgan qo'shiqdir. 5. U ba’zan tojikcha lahjada gapirardi, ba’zan o'zbekcha qochirimlar qilardi (Sh.Jo'rayev). 6. Odamlar g'urur, chegarasiz manman- sirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo'lmagan deysiz, shuning uchun ham islom t.ifakkurining buyuk natijasi hisoblangan so'fizmda inson o'z «men»idan kechmay turib Allohni tanimaydi dec|an aqida bor edi. 7. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo'lmaydi (S.Mo'min).

RAVISH SO’Z TURKUMI

Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qayer? qachon? qancha? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar ravish deyiladi. Ravishlar ko'pincha fe’lga (fez kelmoa). ba’zan otga (ko'pkitob). sifat- ga (birozkatta) boglanadi.

Ravishlar tarkibida -ga, -dan kelishik qo'shimchalari, -i (-si) III shaxs biriik son egalik qo’shimchasi, -lar ko'plik qo’shimchasi yaxlitlanib qoigan. Shuning uchun ularga turlanish sifatida qaralmaydi. Masalan, birdan, zimdan, qo'qqisdan, yangidan, birdaniga, harbiychasiga, kechasi, kunduzi, uzoqdan, oldinda, tubdan, rostdan, avvallari, kechalari ravishlari tarkibida egalik va kelishik qo'shimchalari bo'lsa ham, ular turlanmagan. Chunki bu kabi ravishlardagi qo’shimchalar asos qism bi­lan mustahkam birikib hozirgi kunda ajralmas holga kelgan. Bu qo'shimchalardan tash- qari qadimgi davrlarda keng ishlatilgan -ra qo'shimchasi (so'ngra, uzra), -a qo'shimcha­si (qayta, ko'tara), -in (-un) qo'shimchasi (birin-ketin, ostin-ustun, qishin-yozin) so'zlar tarkibida yaxlitlanib qoigan.

Manba: B. Raxmonov, «Son va olmosh» ma’lumotnomasi

📝

Mavzu yuzasidan test

40 ta savol · javob belgilagach «Testni yakunlash» tugmasini bosing — to‘g‘ri javoblar va natijangiz chiqadi.

Ma’lumotlaringiz — ism (natija o‘qituvchiga borishi uchun)
1.Quyidagi gaplarning qaysilarida gumon olmoshi qatnashgan?
1) Allaqayerdan oyim paydo bo‘ldi.
2) O‘zbekoyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi.
3) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
4) Har kim o‘z quvonch va orzularini bildirib turardi.
5) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik.
2.Quyidagi gaplarning qaysilarida bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan?
1) So‘fi hech narsa demay o‘rnidan turdi.
2) Hunarli odam hech qachon kam bo‘lmaydi.
3) Hamma unga o‘girilib qarar edi.
4) Haqing berma hech kimga.
5) Kimdir ot yetaklab o‘tar azonda.
3.Quyidagi gaplarning qaysilarida belgilash olmoshi qatnashgan?
1) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi.
2) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi?
3) Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga.
4) Normurod allaqanday shubhadan yuragi zirqirab kabinetiga kirdi.
5) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
4.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik.
2) Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha.
3) O‘sha voqealarni eslasam, o‘zimdan-o‘zim xursand bo‘lib ketaman.
4) Qanchadan-qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar nasib etdi.
5.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Mashina yuborsam, u-bularni berib yuborarsiz.
2) Qanchadan-qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar siz-u bizga nasib etdi.
3) Yormat Yo‘lchi bilan yonma-yon yurib, undan-bundan so‘zlashib bordi.
6.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Mening og‘am ichinda, soqollari tashinda.
2) Sening xayolingmi tonggi shabnamlar.
3) Bu daftar meniki.
I. Gapda kishilik olmoshi qatnashgan.
II. Olmoshga qo‘shimcha qo‘shilganda bir n tovushi tushib qolgan.
III. Olmosh kesim vazifasida kelgan.
IV. Gapda ko‘rsatish olmoshi qatnashgan.
7.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz?
2) Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo‘ldim.
3) Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi.
I. Olmoshga qo‘shimcha qo‘shilganda n tovushi orttirilgan.
II. Gapda ko‘rsatish olmoshi qatnashgan.
III. Ko‘rsatish olmoshi aniqlovchi vazifasida kelgan.
IV. Gapda kishilik olmoshi qatnashgan.
8.Olmoshlar haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra yetti guruhga bo‘linadi.
2) Gumon olmoshi yasashda alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshining so‘ngidan qo‘shiladi.
3) Bo‘lishsizlik olmoshlari ajratib yoziladi.
4) Kimdir, allakim kabi yasama olmoshlar sodda olmoshlar hisoblanadi.
5) Juft va takroriy olmoshlarning qismlari qo‘shib yoziladi.
9.Ushbu gap haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Har kim o‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan.
1) Gapda belgilash olmoshi qatnashgan.
2) Gapda o‘zlik olmoshi qatnashgan.
3) Ko‘rsatish olmoshiga qo‘shimcha qo‘shilganda n tovushi orttirilgan.
4) Gapda bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan.
5) Gapda so‘roq olmoshi qatnashgan.
10.Quyidagi gaplarning qaysilarida o‘zlik olmoshi qatnashgan?
1) Hamma perronda.
2) O‘zi bukir, tishi o‘tkir, dehqonga o‘rtoq.
3) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi.
4) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman.
5) Bu ishlarni qilgan o‘zi.
11.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Kechirasiz, rais, kamina bugun emas, o‘g‘lingizni shogirdlikka olgandayoq aytganman.
2) Faqir hozir taxmin qildimkim, ko‘chki bosgan buloq shu yerga kelib qayta ko‘z ochgandir.
3) Sizga ne bo‘ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo‘ydingiz.
12.Quyidagi gaplarning qaysilarida olmosh ega vazifasida kelgan?
1) Hamma hasharga qatnashdi.
2) Bu daftar meniki.
3) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi.
4) Bu cholni butun yurt izzat qilardi.
5) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
13.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Bu tushmi yo xayol, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi?
2) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi?
3) Nima ishlari bor ekan? – so‘radi Zulayho xola.
I. Gapda so‘roq olmoshi qatnashgan.
II. Gapda ko‘rsatish olmoshi qatnashgan.
III. Gap ifoda maqsadiga ko‘ra so‘roq gap hisoblanadi.
IV. Gapda gumon olmoshi qatnashgan.
14.Olmoshlarning imlosi haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Mana bu, mana shu olmoshlari ajratib yoziladi.
2) Gumon olmoshlari tarkibidagi alla- va -dir qo‘shimchalari asosga qo‘shib yoziladi.
3) Hech kim, hech nima olmoshlari qo‘shib yoziladi.
4) Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda bir n tovushi tushib qoladi.
5) U, bu, shu olmoshlariga -cha qo‘shimchasi qo‘shilganda n tovushi orttiriladi.
15.Quyidagi gaplarning qaysilarida qo‘shma olmosh qatnashgan?
1) Hech qanaqa shartim yo‘q.
2) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi.
3) Mana bu manzarani qaranglar, qizlar.
4) Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik.
5) Tesha bahslashish qo‘lidan kelmaganini har bir so‘zi bilan bildirib turar edi.
16.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi.
2) Normurod allaqanday shubhadan yuragi zirqirab kabinetiga kirdi.
3) Allaqaysi zamonda bir qishloqda ota-o‘g‘il yashar ekan.
4) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi.
17.Ushbu parcha haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Bunday nusxalarning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni.
1) Parchada bo‘lishsizlik olmoshlari qatnashgan.
2) Parchada belgilash olmoshi qatnashgan.
3) Ko‘rsatish olmoshiga qo‘shimcha qo‘shilganda n tovushi orttirilgan.
4) Parchada olmoshning to‘rt ma’no turi qatnashgan.
5) Parchada gumon olmoshi qatnashgan.
18.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Bu daftar meniki.
2) Bu ishlarni qilgan o‘zi.
3) Yutuqlar o‘zimizniki.
I. Olmosh kesim vazifasida kelgan.
II. Gapda o‘zlik olmoshi qatnashgan.
III. Gapda ko‘rsatish olmoshi qatnashgan.
IV. Olmoshga -niki qo‘shimchasi qo‘shilgan.
19.Quyidagi gaplarning qaysilarida olmoshning ma’nosiga ko‘ra uch turi qatnashgan?
1) Kimdir menga bu kitobni sovg‘a qilibdi.
2) Men hech kimdan xafa emasman.
3) Har kim o‘z qilmishiga yarasha jazosini oladi.
4) Hamma unga o‘girilib qarar edi, ammo hech kim gapirmadi.
5) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
20.Ushbu gap haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Sen o‘zing bu ishni hech qachon uddalay olmaysan.
1) Gapda olmoshning to‘rt ma’no turi qatnashgan.
2) Gapda qo‘shma olmosh qatnashgan.
3) O‘zlik olmoshi kishilik olmoshini ta’kidlab kelgan.
4) Bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgani uchun kesim inkor shaklida kelgan.
5) Gapda gumon olmoshi qatnashgan.
21.Quyidagi gaplarning qaysilarida mavhum ot qatnashgan?
1) Mehnatsevarlik bizni porloq kelajak sari olib boradi.
2) Hovlimizdagi qip-qizil lolalar yal-yal yonadi.
3) Xudbinlik o‘z-o‘zini qatl qilishdir.
4) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari to‘kildi.
5) Odobning boshi til.
22.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Bolalar gulzorga yugurib kirishdi.
2) Paxtazor chetida tut daraxtlari bor edi.
3) Oshxonadan yoqimli hid taraldi.
4) Sayilgohda odam ko‘p edi.
23.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Onasi dori-darmon olib keldi.
2) Kelinchak ko‘rpa-to‘shakni yig‘ishtirib qo‘ydi.
3) Yigitning orzu-armonlari ushaldi.
I. Gapda juft ot qatnashgan.
II. Juft ot qismlari chiziqcha bilan yozilgan.
III. Gapda takroriy ot qatnashgan.
IV. Juft ot ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlardan tuzilgan.
24.Otlar haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
2) Otlarning -cha, -choq, -chak qo‘shimchalarini olgan shakli kichraytirish shakli hisoblanadi.
3) -jon, -xon, -oy qo‘shimchalarini olgan shakli erkalash shakli hisoblanadi.
4) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar qo‘shma ot sanaladi.
5) Sezgi a’zolari orqali bilish mumkin bo‘lgan narsalarni bildirgan otlar mavhum otlar deyiladi.
25.Quyidagi gaplarning qaysilarida ot kesim vazifasida kelgan?
1) Tog‘am – tajribali yurist.
2) Bu yer sherlar makoni.
3) Bolalar gulzorga yugurib kirishdi.
4) Lirika shoir qalbining yilnomasidir.
5) Atrof oppoq qorga burkandi.
26.Ushbu parcha haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Tojixon endi o‘qituvchilik qilardi. Zinadan ohista qadamlar bilan ikkinchi qavatga chiqdi.
1) Parchada atoqli ot qatnashgan.
2) Parchada yasama ot qatnashgan.
3) Parchada juft ot qatnashgan.
4) Parchada ko‘plik shaklidagi ot qatnashgan.
5) Parchada takroriy ot qatnashgan.
27.Quyidagi gaplarning qaysilarida yasama sifat qatnashgan?
1) Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin.
2) Atrof oppoq qorga burkandi.
3) Cho‘ponlar sezgir, itlar ham ziyrak.
4) O‘riklarning yaprog‘i qizil.
5) Bu o‘lkada yer unumli, quyosh nuri yetarli.
28.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Kuzgi shamol daraxtlardagi yaproqlarni uchirib ketdi.
2) Tonggi shabnamlar quyoshda yarqiradi.
3) Kechki payt hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi.
4) Gulzorga to‘kilgan bulturgi xazon jigarrang tus olgan.
29.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Ko‘zlari qop-qora edi.
2) Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib ketdi.
3) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqardi.
I. Gapda orttirma darajadagi sifat qatnashgan.
II. Orttirma daraja sifatning birinchi bo‘g‘inini kuchaytirib takrorlash orqali hosil qilingan.
III. Gapda rang-tus sifati qatnashgan.
IV. Sifat kesim vazifasida kelgan.
30.Ushbu parcha haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Bozorqulning onasi juda chiroyli xotin edi. Otasi havasmand kishi edi.
1) Parchada orttirma darajadagi sifat qatnashgan.
2) Parchadagi sifatlarning barchasi yasama sifatlardir.
3) Parchada qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan.
4) Sifatlar aniqlovchi vazifasida kelgan.
5) Orttirma daraja so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan.
31.Quyidagi gaplarning qaysilarida otlashgan sifat qatnashgan?
1) Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan – dog‘.
2) Dono, aqllilar hech qachon yo‘ldan adashmaydi.
3) Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar.
4) Bilimli biladi bilim hurmatin.
5) Dangasa odamning bahonasi ko‘p.
32.Sifatlar haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Sifatlar qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
2) Otlashgan sifatlar egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalarini olib o‘zgara oladi.
3) Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga bo‘linadi.
4) ser-, be-, no- qo‘shimchalari sifatdan ot yasaydi.
5) -roq qo‘shimchasi sifatning qiyosiy darajasini hosil qiladi.
33.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Dori achchiq edi, bemor xohlamaygina uni qo‘liga oldi.
2) Dasturxonga shirin qovun qo‘yildi.
3) Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar.
I. Gapda maza-ta’m sifati qatnashgan.
II. Gapda hid sifati qatnashgan.
III. Gapda tub sifat qatnashgan.
IV. Gapda rang-tus sifati qatnashgan.
34.Quyidagi gaplarning qaysilarida taqsim son qatnashgan?
1) Bekatda o‘ntacha odam avtobus kutib turishardi.
2) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.
3) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi.
4) Eshakning ustiga ikkitadan bo‘lib mindik.
5) Ular ikkitadan bo‘lib saf tortishdi.
35.Berilgan gaplarning barchasini qaysi hukm birlashtiradi?
1) Uchala aka-uka dalaga chiqishdi.
2) Oqibat ikkovi baravar yiqildi.
3) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
4) Umidjon jonholatda ikkala qo‘li bilan boshini ushladi.
36.Sonlar haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Sonlar ma’nosiga ko‘ra miqdor sonlar va tartib sonlarga bo‘linadi.
2) Chama sonlar -tadan qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
3) -ov, -ala qo‘shimchalari faqat ikkidan o‘ngacha bo‘lgan sonlarga qo‘shiladi.
4) Taqsim sonlar -tadan qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
5) Kasr sonlar -inchi qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
37.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Bekatda o‘ntacha odam avtobus kutib turishardi.
2) Hindistonda millionlab gektar yerga paxta ekilar ekan.
3) Maydonga yuzlab odamlar to‘plandi.
I. Gapda chama son qatnashgan.
II. Gapda -lab qo‘shimchasi bilan yasalgan chama son qatnashgan.
III. Chama son aniqlovchi vazifasida kelgan.
IV. Gapda tartib son qatnashgan.
38.Quyidagi gaplarning qaysilarida tartib son qatnashgan?
1) Birinchi iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
2) Bunyod yetti kun kezdi. Yetti qora tun kezdi.
3) Pahlavonning ikkinchi kun madori qolmadi.
4) Al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud topgan.
5) Po‘lat qizga nisbatan bir yosh katta edi.
39.Ushbu parcha haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
Al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud topgan. Uning «Al-jabr» kitobi uch bo‘limdan iborat.
1) Parchada tartib son qatnashgan.
2) Tartib son arab raqami bilan, -inchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yib yozilgan.
3) Parchada sanoq son qatnashgan.
4) Parchada kasr son qatnashgan.
5) Parchada jamlovchi son qatnashgan.
40.Berilgan hukmlarning qaysilari barcha gaplar uchun taalluqli?
1) Axir, o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi.
2) Hamma yerim o‘ttiz yetti gektar.
3) Bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish.
I. Gapda qo‘shma son qatnashgan.
II. Qo‘shma son qismlari ajratib yozilgan.
III. Son kesim vazifasida kelgan.
IV. Gapda juft son qatnashgan.