Son so’z turkumi
Narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirib, necha?, qancha?, nechta?, nechanchi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarga son deyiladi.
Hozirgi o'zbek tilida predmetning miqdorini, son-sanog’ini ifodalash uchun ko'proq yigirma uchta sondan foydalaniladi. Bulardan to’qqiztasi birlik sonlar: bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz; to'qqiztasi o’nlik sonlar: o’n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to'qson; beshtasi vuzlik. minglik va yuqori sonlarni bildiradi: yuz, ming, million, milllard. Bu sonlarning barchasi miqdorga egalik ma’nosini ifodalovchilar sifatida nolga zidlanadi. Nol son miqdorga ega emaslikni bildiradi. Qolgan sonlar birlik sonlarning o'nlik songa qo'shiluvidan (o'n bir, yigirma besh, to'qson to'qqiz), shuningdek, yuzlik va o'ndan yuqori son oldidan birlik, o'nlik sonlarning keltirilishidan (bir yuz ellik ming, to'qqiz milllard ikki yuz million, o'n bir ming besh yuz) hosil bo'ladi.
Sonlar yozma nutqda ikki xil ifodalanishi kuzatiladi :
1) harf bilan 2) raqam bilan
| Bir | 1 | I | |
|---|---|---|---|
| Besh | 5 | V | |
| O’n | 10 | X | |
| Ellik | 50 | L | |
| Yuz | 100 | C | |
| Besh yuz | 500 | D | |
| Ming | 1000 | M | |
| Sakkiz yuz o’n besh | 815 | DCCCXV | |
| Uch yuz | 300 | CCC |
Sonlar yasalmaydi , ammo boshqa so’z turkumlarining yasalishiga asos bo’la oladi :
Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so'zlardan farq qiladi. Solishtiring: Magazindan kitob oldim.(Miqdori bittami, undan ortiqmi, noma’lum). Magazindan ko’p kitob oldim (Miqdori bittadan ortiq, lekin nechtaligi noma’lum). Magazindan o’nta kitob oldim (Miqdorning nechtaligi aniq). Birdan boshqa sonlarning barchasi predmet bildiruvchi so'zlarga qo'shilib uning bittadan ortiqligini, ko'pligini ifodalaganligi uchun, son bilan birga kelgan otlar ko'plik shaklini olmaydi. Masalan, olma- olmalar. Lekin ikkita olma, o'nta olmani, ikkita olmalar, o'nta olmalar deb bo'lmaydi. Bu o'zbek adabiy tili uchun me'yorning buzilishi bo'ladi.
1) sonlar juft, dona, metr, siqim kabi hisob so’zlari bilan qo’llana oladi;
2) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar sonning hamma turlariga ham qo’shilavermaydi: 1-shaxs birlikdagi egalik qoshimchalari sonlarga deyarli qo’shilmaydi;
3) Sonlarda quyidagi xususiyatlar ham mavjud:
1) omonimlik: yuz (son) – yuz (chehra), uch (son) – uch (harakat), yigirma (son) – yigirma (harakat);
2) sinonimlik: bir – yakka, ikki – juft;
3) paronimlik : yetti – yetdi.
E s l a t m a: uch, yetti, to'qqiz, qirq kabi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi.
Sonlar harflar bilan ham, raqamlar bilan ham yoziladi: sakson, besh, yigirma, 100, 46, XI kabi.
Raqamning ikki xilidan foydalaniladi:
Arab raqami. Asosan, hisob ishlarida, kun va yilni ko'rsatishda ishlatiladi: 10 + 6 = 16; 21-mart, 2016-yil kabi.
Rim raqami. Ko'proq asr, oy, hukumat anjumanlari, ilmiy tadqiqotlarda bob va fasllarni belgilashda ishlatiladi: XXI asr, LX bob, Oliy Kengashning II plenumi kabi.
Rim raqamlari:
-1; VI - 6; XV -15; LX - 60; CC - 200; DCC - 700;
- 2; VII - 7; XX - 20; LXX - 70; CCC - 300; DCCC - 800;
- 3; VIII - 8; XXX - 30; LXXX - 80; CD - 400; CM - 900;
- 4; IX - 9; XL - 40; XC - 90; D - 500; M - 1000;
- 5; X -10; L- 50; С -100; DC - 600; MM - 2000.
Masalan, 1988 so'zini yozmoqchi bo'lsak, u quyidagicha yoziladi: MCMLXXXVIII.
O'zbek tilida son quyidagi xususiyatlarga ega:
I MA’NOVIY XUSUSIYATI: Son otga bog'lanib, uning:
sanog'ini, miqdorini bildiradi: ikki talaba, besh bola, o'nta daftar kabi;
miqdorga bog’liq tartibini, darajasini bildiradi: ikkinchi kurs, beshinchi sinf, oltinchi uy kabi;
otga boglanmagan hoida mavhum miqdor tushunchasining nomini bildiradi: Besh karra besh yigirma besh; Uch bilan to'rt yetti bo'ladi kabi.
Iimorfologik xususiyati: son:
Boshqa so’z turkumlaridan yasalmaydi. Shu sababli sonlarda so’z yasovchi qo'shimchalar mavjud emas;
Sonning ma'no turlari lugaviy shakl yasovchi qo'shimchalar orqali hosil qilinadi: bitta, ikk inchi. o'nlab. mm alarcha. to'r ttadan. o'n tacha. beshala. uchovi kabi;
Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda, ya’ni otlashganda kelishik, egalik qo'shimchalarini qabul qiladi: Birni kessang, o’nni ek kabi;
Son narsa miqdorlni turli tomondan aniqlash uchun hisob so'zlar - numerativlar bilan ham qo’llanadi: bir tug o'rik, uch litr suv, bir qoshiq asal, ikki dona olma, besh piyola suv kabi.
Iii sintaktik xususiyati: son:
Asosan, otga, baz’an fe’lga bog'lanib, bitishuvli so'z birikmasini hosil qiladi: Yetti kishi keldi. Yetti o'lchab. bir kes.
Son belgi bildiruvchi so'zlarga tobelanib kelmaydi, son va sifat otga bog'lanib, uning ma’nosini turli tomondan aniqlab keladi: uchta. qizil olma\ nechta olma?, qanday? olma kabi.
Son gapda:
sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ikkinchi sinf o'quvchilariga navbat berildi.
daraja-miqdor holi vazifasini bajaradi: Bu yerga ikkinchi kelmang.
ot kesim vazifasini bajaradi: Sinfimiz ikkinchi.
Sonlarning sintaktik vazifas1
Sonning sintaktik vazifasi boglangan so'ziga bogliq. Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
- Otga bog'lansa, sifatlovchi-aniqlovchi:
To'tiniso hovlini sotib, ikki yetimni (otga bog'landi) o’z qishlog'i Rafqonga olib ketdi. Bekatda o'ntacha odam (otga bog'landi) avtobus kutib turishardi.
- Fe'lga bog'lansa, daraja-miqdor holi:
Yetti o'lchab (fe’lga bog'landi), bir kes (fe’lga bog'landi). Bolalar davrani ikki aylandi (fe’lga bog'landi), qo'l berib ko'rishishdi. Ular yana besh qadam bosishgach (fe'lga bog'landi), o'ra labiga kelishdi.
Sonlar daraja-miqdor holi vazifasini bajarganda ko'pincha marta, bor, bora o'lchov so'zlari bilan birga qo'llanadi: Oirq marta eshitaandan bir marta ko'rgan yaxshi.
- Gapning oxirida kelsa, ot kesim:
Bu yorug' dunyoda Vatan bittadir. Sinfimiz sakkizinchi. O'nning yarmi - besh.
Mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar
- mashq. Sonlarni topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang.
1. Bolalar davrani ikki aylandi, qo'l berib ko’rishishdi. (Tog’ay Murod)
- Oqibat ikkovi-da baravaryiqiidi. (Tog'ay Murod).3. Uning mo'ljali besh- olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to'g'ri va ravon asfalt yo’l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi. (.Abdulla Qahhor)4. Ahmadjon chaqiriq qog'ozini yana bir marta o’qib chiqdi, keyin uni ikki buklab, ko’krak cho'ntagiga solib qo'ydi. (Oydin)5. To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog'i Rafqonga olib ketdi. (. Abdulla Qahhor)6. To'nimning etaklarini yiglshtirib, Qashqamga bir-ikki qa- mchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi. (Abdulla Qodiriy)
Sonlarning otlashishi
Son bog'langan ot tushib qolsa, sonlar otlashadi. Masalan, Birni kessang, o'nni ek - Bir daraxtni kessang, o'n daraxtni ek. Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa, o'n beshi qorong'i
- Oyning o’n besh kuni yorug' bo'isa, o'n besh kuni qorong'i.
Mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar
- mashq. Matndagi otlashgan sonlarni toping.
- Tayog'i yo'g'on birni urar, so'zi yo'g'on mingni urar. 2. To'qqizida bo'lmagan aql to'qsonida ham bo'lmas. 3. Oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. 4. To'rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi uy ichida qoldi, yana ikkitasi esa otiga minib yo'lga ravona bo'ldi. 5. Mingta shirin nasihatdan bitta o'rnak yaxshi. 6. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan. 7. Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. 8. Ikki yomon qo'shilsa, keng dunyoga sig'maydi.
Bir so’zining ma’nolari
Bir so'zi boshqa sonlardan turli ma’nolarga egaligi bilan farq qiladi. Ikki, besh, o'n, sakson kabi sanoq sonlar ot bilan bog'lanib, uning miqdorini aniqlaydi. Bir so'zida esa aniq miqdor biidirish xususiyati ancha kuchsizlashgan, chunki narsaning birligi, tanholigi, yakka ekanligi otning birlik shakli orqali ham ifodalanadi. Bolakitobni o'qidi. Bu gapda bir so'zi qatnashmasa ham bola va kitobning bitta ekaniigi anglashiladi. Bir so'zida miqdcr ma’nosining kuchsizlashgani unirig asosiy ma’nosidan tashqari juda ko'p boshqa ma'nolarni ifodalashida ham ko'rinadi. Bu ma’nolar esa faqat matnda ifodalanadi. Bir so'zi quyidagi ma'nolarni bildiradi:
Predmetni aniqlab, uning sonini ko'rsatadi. Bu vaqtda bir so'zi hisob so'zlari (numerativlar) bilan ishlatiladi: bir so’m pul, bir gektar maydon, bir qadam yo’l, bir juft shippak, bir tup gui, bir dona daftar, bir qop un, bir kosa ovqatkabi.
Predmetni aniqlab, “noaniqlik” ma’nosini bildiradi. Xuddi ingliz tilidagi noaniq artikl “a” bajargan vazifani bajaradi: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi manda. Sizni izlab bir qiz keigan edi.
Chegaralov ma’nosini bildiradi. Bunda bir so'zi faqat yuklamasiga sinonim bo'ladi: Darsga bir Ahmad keimadi - Darsga fagat Ahmad kelmadi.
Fe’lga bog'lanib, uning ma’nosini kuchaytiradi. Bunda bir so'zi juda so'ziga sinonim bo'ladi: Sizni biram sog'indim - Sizni iudavam sog'indim.
Takrorlanib, ayiruv bog'lovchisi vazifasini bajaradi, voqea-hodisalarning galma- gal ro'y berganini bildiradi: Choy mahaiida bir kulib, bir yig'lamsirab, o’zi, bolalari, nevaralari haqida gapirib berdi.
Tenglik ma’nosini bildiradi. Bunda u teng so'ziga sinonim bo'ladi: Qonun oidida hamma bir.
Miqdor son va uning turlari
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko'ra, ular ikki guruhga bo'linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar narsa miqdorini sanash yo'li bilan aniqlaydi. Miqdor sonlar sanalishi mumkin bo'lgan har qanday narsaning miqdorini ko'rsatadi: Siddiqjonning nomi- ga birdan uchta maktub keldi. Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gaplarning, taxminan, sakson-to’ason foizi ortiqcha ekan.
Miqdor sonlar o'zi ko'plik ma’nosini anglatgani uchun ko'piik qo'shimchasini qabul qilmaydi. Bu vaqtda miqdori aniqlangan narsani bildiruvchi ot ham -lar qo'shimchasini olmaydi: ikkita kitob deyish mumkin, ikkita kitoblardeb qo'llab bo'lmaydi.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko'ra sanoq, dona, chama, taqsim, jam- lovchi, kasr sonlarga bo'linadi.
SANOQ SON. Son-sanog'ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda ko'pincha arab raqami bilan yoziladi. Masalan: ikki, uch, besh, yigirma kabi. Sanoq sonlar predmetning miqdor belgisini bildirgani uchun otga sifatlovchi bo'la- ' i va shakily jihatdan o'zgarmaydi, otga bitishuv yo'li bilan bog'lanadi: ikki yo'lovchi, uch qiz kabi.
DONA SON. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlarga dona son <!>>yiladi. Ular-ta qo'shimchasi yordamida yasaladi. Bu qo'shimcha urg'u olmaydi.
Donalash ma’nosi -ta qo'shimchasidan tashqari dona so'zi bilan ham ifodalanadi: ikkita daftar- ikki dona daftarkabl.
Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun -ta qo'shimchasi o'rnida bosh(hayvonlar), nafar{ shaxslar), tup(o'simliklar), litr( suyuqlik), gramm(og'iriik) kabi so zlar ham ishlatiladi: uchta qo'y - uch bosh qo'y; to'rtta qiz - to'rt nafar qiz; beshta ko'chat - besh tug ko'chat kabi. Bundan tashqari, benzinga nisbatan litrso'ti o'rniga -ta qo'shimchasining qo'llanilishi ham uchraydi: o'nta quying - o'n jitr quying.
CHAMA SON. Narsalarning miqdorini chamalab ko'rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular quyidagicha hosil qilinadi:
-tacha qo'shimchasi -ta qo'shimchasi bilan yasalgan sonlarga -cha qo'shim- chasini qo'shish orqali yasaladi: o'ntacha, beshtacha kabi. -cha qo'shimchasi hisob so'zlarga ham qo'shilib, chama son ma’nosini bildira oladi: Bu ko'prikning qurilganiga o'n besh vil cha bo'ldi. Bozorgacha besh uyz met rcha yurasiz kabi.
-lab qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi: yuzlab, o’nlab, minglabkabi. Ba’zan -lab qo'shimchasi hisob so'zlarga ham qo'shilib, taxminiy ma’no bildiradi: 0’n besh villab kutganman seni. Bu loyiha asosida xalqning yuz ming so'ml a b mablag'ini tejash mumkin.
-larcha qo'shimchasi bilan yasaladi: o'n larcha. vuz larcha. -lar qo'shimchasining o'zi ham sonlarga qo'shilganda taxminiy miqdor ma’nosini bildirish xusilsiyatiga
Majlis soat beshlarda boshlanadi.
- ikkita sanoq sonni juftlash orqali ham hosil qilinadi: ikki-uch кип, besh-olti kishi kabi.
Esda saqlang: chama sonni hosil qiluvchi -lab va -larcha qo'shimchalari ravish yasovchi qo'shimchalar bilan omonimlik hosil qiladi. Bunda lug'aviy shakl yasovchi va so'z yasovchi qo'shimchalar doirasidagi omonimlik kuzatiladi: yuzlab(son) - tonnal- ab (ravish), minglarcha(son) - mardlarcha(ravish). Bunday so'zlarda -lab, -larcha qo'shimchalari sonlarga qo'shilsa, bu qo'shimcha lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha hisoblanadi: o'nlab. o'n larcha. yuzlab, vu zlarcha. minglab. minglarcha kabi. Bu qo'shimchalar sondan boshqa so'zlarga qo'shilsa, so'z yasovchi qo'shimcha hisoblanadi: ei t alab. kilo lab. tonnalab. mar dlarcha. do's tlarcha kabi.
JAMLOVCHI SON. Narsalarning miqdorini jamlab ko'rsatadigan sonlar jam-
chi sonlar deyiladi. Jamlovchi sonlarda miqdor orqali shaxs va narsalarni
Jinlashtirib ko'rsatish xususiyati kuchli. Bu hodisa jamlovchi sonlarning shaxs bildi-
ii otlardan keyin kelib, ularni jamlab ko'rsatishida ham, shuningdek, ko'plik, egalik ishik qo'shimchalarini olib kelishida ham ochiq ko'rinadi: Anoraxon, choyni iirib damlaysiz, ikkovimiz shu yerda ichamiz, durustmi? г-ov, -ala, -ovlon kabi qo'shimchalar yordamida yasaladi. -ovlon qo'shim- lakl hisoblanadi. Jamlovchi sonlar otlashgan xususiyatga ega bo'ladi.
jamlovchi son qo'shimchalari ko'plik va uch shaxsdagi egalik qo'shimchasini olib keladi. Masalan, besh- beshovi - beshovlari, uch- uchalasi - uchalalari, ikki - ikkovlon, ikkalasi kabi. Misol: To'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar, oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar. Ko'rinib turibdiki, -ov, -ovlon, -ala qo'shimchalari birlik sonlarga, ikkidan yuqori yigirmaga- cha bo'lgan sonlarga qo'shiladi. Bir soniga -ov qo'shimchasi qo'shilib, «kimdir» degan ma’noda qo'ilanadigan birov so'zi son ma’nosini yo'qotib, olmosh turkumiga o'tgan. Qiyoslang: Birovi gul tergan, birovi gui dastalagan(bunda birovi so'zi son) - Sizni birov(bunda birov so'zi gumon olmoshi, chunki uni kimdir so'zi bilan almashti- rish mumkin) chaqiryapti.
-ala qo'shimchasini olgan son egalik qo'shimchasini olmasligi ham mumkin. U vaqtda son otlashmagan bo'ladi. Masalan, ikkala kishi.
Esda saqlang: -ov, -ala qo'shimchalari faqat ikkidan yigirmagacha bo'lgan sonlarga qo'shilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo'shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlar (ikki, yetti, olti)ga qo'shilganda asos qismidagi i unlisi tushib qoladi:
ikki + ala = ikkala;
olti + ov = oltov;
yetti + ovlon = yettovlon.
Jamlovchi sonlar ma’no va vazifasiga ko'ra otlarga yaqin turadi.
TAQSIM SON. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko'rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular quyidagicha hosil qilinadi:
-tadan qo'shimchasi yordamida yasaladi: ikkitadan, uchtadan kabi.
dona sonni takrorlash yo'li bilan ham hosil qilinadi: ikkita-ikkita, beshta- beshta kabi.
Agar sonlar hisob so'zlar bilan birga kelsa, -tadan qo'shimchasi hisob so'zlarga qo'shiladi: Mehnat haqi har bir kishiga bir yuz o'ttiz so'mdan to'g'ri keldi. Kampir bolalarga ikki siqimdan mayiz va bir donadan olma berdi.
KASR SONLAR. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi: o'ndan bir, uchdan ikki, yarim, chorak, nimchorak. Butun miqdorni bildiruvchi qism ko'pincha chiqish kelishigida keladi: beshdan uch, o'ndan ikki kabi. Masalan: Bolalar eshakka yem berib, o'zlari ham oz-ozdan non yeb olguncha yarim soat vaqt o'tdi. Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
Mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar
- -mashq. Sanoq sonlar ishtirok etgan gaplarni topib ko'chiring.
1. Bolalar davrani ikki aylandi, qo'l berib ko'rishishdi. 2. Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi. 3. Uning mo'ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to'g'ri va ravon asfalt yo'l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi.
- Ahmadjon chaqiriq qog'ozini yana bir marta o'qib chiqdi, keyin uni buklab ko'krak cho'ntagiga solib qo'ydi. 5. To'tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o'z qishlog'i Rafqonga olib keldi. 6. To'nimning etaklarini yig'ishtirib, Qashqamga bir-ikki qamchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi.
- mashq Dona sonlarni topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang.
1. Kecha tog'ang berib ketgan zog’oradan ikkitasini oiib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz. 2. Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul Viqor-la o'shshaygan qoya labida. 3. Derazamning oldida bir tup O'rik oppoq bo'lib gulladi. 4. Bir tup kessang, o'n tup ek. 5. Jo'jalardan ikkitasini kaixat oidi, qoigan ikki kam o'ttiztasini o'sib tovuq bo'idi. Sakkiztasini olib qoiib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi.
- mashq. Chama sonlarni topib, ularning qanday hosil qilinganligini tushuntiring.
1. Bekatda o'ntacha odam avtobus kutib turishardi. 2. Barvasta, yoshi ellikka borib
qoigan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. 3. Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. 4. Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib keldi.
Shoikrom o'n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hoi so'ragan edi.
Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi.
- mashq. Taqsim sonlarni topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang.
- Azim har yelkasiga to'rttadan odam sig'adigan yigit bo'libdi. 2. Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. 3. U bu yilgi bahorda har yuz ona qo'ydan bir yuz yigirma bittadan qorako'l qo'zisi oldi. 4. Eshakning ustiga ikkitadan bo'lib mindik. 5. Ular ikkitadan bo'lib saf tortishdi.
Tartib sonlar
Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. U -(i) nchi qo'shimchasi yordamida yasaladi: ikkinchi. besh inchi. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda -(i)nchi qo'shimchasi o'rnida arab raqamidan so'ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo'yilmay- di: IX sinf, XX asr kabi.
Tartib sonlar ma'no va vazifasiga ko'ra sifatlarga yaqin turadi.
Ba'zi so'zlardagi -(i)nchi qo'shimchasi tartib ma’nosini bildirmaydi. Bunday so'zlarda ular narsaning sifatini bildiradi: o'ninchi ip, qirqinchi ip, yettinchi lampa kabi.
Hisob (o'lchov) so'zlar
Narsalarning sonini ko'rsatish, ularning miqdor belgisini aniqlashda sanoq sonlar bilan birga hisob so'zlari (numerativlar) ham ishlatiladi. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so'z o'rtasida qo'llanilib bu narsaning o'lchovini bildiradigan so'zlar hisob (o'lchov) so'zlari deyiladi: bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o'n chelak suv, bir savat non, besh yashik olmc< kabi. Tilimizda turli xil o'lchovlar va shu o'lchovlarning o'z birliklari bor. Ular quyidagilar:
| № | O'lchov turlari | O'lchov birliklari (hozirgi) | Tarixiy o'lchov birliklari |
|---|---|---|---|
| 1. | Og'irlik o'lchovlari |
Milligramm, gramm, kilogramm, litr, tonna, sentner | Misqol, botmon, paysa, dahsar |
| 2. | Uzunlik o'lchovlari |
Millimetr, santimetr, detsimetr, kilometr | Chaqirim, qarich, yog'och, gaz, qalam |
| 3. | Donalik o'lchovlar |
Dona, bosh, nafar, tup | Dona, bosh, nafar |
| 4. | Maydon o'lchovlari |
Sotix, gektar | Tanob |
Yuqorida sanalgan o'lchov birliklarining ayrimlari o'lchanadigan, sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo'ladi. Masalan, nafar shaxslarning, bosh hayvonlarning, suyuqliklarning, o'simliklarning miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt, o’n bosh qo'y, to'rt nafar talaba kabi.
O’lchov so'zlar ichida ayrimlari faqat olchov - hisobni bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o'lchov birligi ma’nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o'lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; xashak-o'tinlarni 0’lchash uchun tutam, quchoq, bog’\ uzunlikni o'lchash uchun qarich, qadam, yog'och singari so'zlar faqat matn ichidagina qo'llaniladi. Masalan, besh shisha mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog"; yuz bog’ beda, bir quchoq o'tin, bir tutam xashak, uch qarich gazmol, besh qadam yo’l kabi.
Alohida olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi: shisha, paqir, qadam kabi.
O'lchov so'zlar butunning, guruhning yoki to’daning qisminihisoblash uchun (burda, parcha, varrak ( sahifa), og'iz, iuqma, siqim, tiiim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, bo'lak, shingil)va to’dalab, guruhlab ko'rsatishuchun (gala, to’p, guruh, to'da, dasta, bog’ (bog'lam), quchoq, moda, nafar, hovuch) ishlatiladi.
O'lchov so'zlari bilan sanoq sonlar birgalikda boshqa otga bog'lanib, har ikkala so'z bir gap bo'lagi vazifasini bajaradi: 0’tgan yih sakkiztonna paxta terdim-qancha? paxta: sakkiz tonna paxta - aniqlovchi. Olamda inson uchun o’z ustozidan bi r og'iz maqtov, sevganidan esa bir og'iz shirin kaiom eshitishdan ham i attaroq baxt bormikan?- qancha? maqtov, qancha? kalom? - aniqlovchi.
O'lchov so'zlar ot turkumiga mansub so'zlar bo'lib, ularning ayrimlari boshqa so'z turkumlaridan yasalgan: quchoq(quch (fe’l) + -oq), bog'lam(bog' (ot) + -la (fe’l) +-m), siqim (siq (fe’l) + -im), tilim (til (fe’l) + -im), chimdim (chimdi (fe’l) + -m), qultum (quit (taqlid so’z) + -um), tomchi (tom (fe’l) + -chi), to'g'ram (to'g'ra (fe’l) + -m), bo'lak (bo’l (fe'l) + -ak) kabi.
Ayrim o'lchov so'zlar omonimlik xususiyatiga ega:
og'iz(bir yoki ikki og’iz gap - qisqa gap; og'iz II - yangi tug'gan sigirning uch-to'rt kunlik sutini yig’ib pishirilgan pishloq);
luqma(luqma I - bir chaynam, bir yutum ovqat; luqma II - birov gapirayotganida uning gapiga javob, izoh, so'roq tariqasida boshqa kishi tomonidan qo'shiladigan ibora, so'z);
tilim(tilim I - narsalarning uzun-uzun qilib tilib, kesib ajratilgan har bir bo'lagi; tilim
- - mening tilim ma’nosida);
to’p(to’p I - koptok; to'p II - to'da; to'p III - yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan tovush);
chaqmoq(chaqmoq I - pista, bodom, yong'oq kabi qattiq po'choqli mevalarni tishlab yoki urib yormoq; chaqmoq II - chaqmoq qand - to’rtburchak shaklida ishlab chiqarilgan qandning har bir bo'lagi; chaqmoq III - atmosferaviy elektr zaryadi, yashin; chaqmoq IV - o’t oldirish, yoqish asbobi; chaqmoq V - chaqmoq telpak - tepasi duxobadan, jiyagi tulki, suvsaryoki qunduz mo'ynasidan tikilgan qimmatbaho telpak);
bog’(bog’ I - mevazor; bog’ II - bog’lash uchun xizmat qiladigan narsa va uning bog’langan joyi, tuguni).
O’lchov so’zlar (hisob so’zlar , numerativlar)
Sanoq son bilan sanaladigan predmetning orasida qo’llanib , narsalarning o’lchovini anglatuvchi so’zlar hisob so’zlar deyiladi . Hisob so’zlar o’zidan oldin qo’llangan son bilan bitta so’roqqa javob bo’ladi , bitta sintaktik vazifa bajaradi va bir butun ohangga ega bo’ladi .
ikki etak/ paxta , uch yashik/ olma , bir piyola/ choy , to’rt qop /un , besh sumka /daftar , olti to’p/ atlas , yetti satr/ she’r , sakkiz gigabayt /ma’lumot , to’qqiz kilometr/ yo’l , o’n chevron/ pul
Husob so’zlar predmetlarning quyidagi o’lchovlarini ifodalashga xizmat qiladi :
1. Masofa(uzunlik)ni ifodalovchi o’lchov so’zlar : metr , qadam , quloch , qarich , gaz , farsax , tirsak , odim , yig’och , tosh , qarich , chaqirim
2. Og’irlik(massa)ni anglatuvchi o’lchov so’zlar : kilogramm , paysa , misqol , pud , qadoq , botmon , tonna , dahsar
3. Qiymatni anglatuvchi o’lchov so’zlar : so’m , dollar , yevro , rubl , chaqa , miri , hemiri , so’lkavoy , paqir , dinor , dirham , chevron
4. Vaqtni anglatuvchi o’lchov so’zlar : kun , soniya , sutka , yil , oy , hafta , asr , soat
5. Yoshni anglatuvchi o’lchov so’zlar : kunlik , soatlik , yoshli , yashar , haftalik , asrlik , yillik , bahor
6. Juftlikni anglatuvchi o’lchov so’zlar : juft , para
7. Predmetlarni to’dalab ifodalovchi o’lchov so’zlar : shoda , dasta , bog’ , quchoq , poda , gala , to’p , hovush , guruh , qo’ra , band , atar , suruv , uyur , uyum , changal , quti
8. Butun predmetning qismini anglatuvchi o’lchov so’zlar : karch , tilim , chaqmoq , shingil , burda , parcha , qism , luqma , tomchi , chimdim , to’g’ram , otim , qultum , tishlam , ho’plam , qatra
9. Harakatning miqdorini anglatuvchi o’lchov so’zlar : marta , karra , bora , daf’a , safar , qayta , qatla , marotaba , bor , sidra
Diqqat!!! Mazkur guruhga mansub o’lchov so’z bilan qo’llangan son fe’lga bog’lanib keladi .
10. Narsalarni donalab ifodalaydi o’lchov so’zlar : dona , tup , nafar , nusxa , bosh
11. Sath(yuza)ni anglatuvchi o’lchov so’zlar : tanob , gektar , sotix , kvadrat metr , kvadrat kilometr
Diqqat!!! Aksariyat o’lchov so’zlar ot turkumiga mansub so’zlardir .
O’lchov so’zlar sof yoki vazifadoshligiga ko’ra ikki turga bo’linadi :
1. Sof o’lchov so’zlar . Ular faqatgina o’lchov so’z vazifasida qo’llanadi : kilometr , metr , tonna , sentner , gigabayt , kilobayt , kilovatt , litr , sekund , minut , gektar , volt , amper , nuyton , paskal
2. Vazifadosh o’lchov so’zlar . Ular ham o’lchovni , ham predmetni ifodalovchi so’zlardir : bochka , savat , piyola , shisha , chelak , qoshiq , qadam , etak , quti , uy , avtobus , qop , ko’za , daraxt , daftar
Hovlimizda uch daraxt olma bor(o’lchov so’z) Bahor kelib , daraxtlar kurtak urdi (predmet)
Karim bochkalarni hovlining bir chekkasiga joylashtirdi (predmet)
Yerni kultivatsiya qilish uchun uch boshka yonilg’i kerak bo’ladi (hisob so’z)
Sonlarning tuzilishiga ko'ra turlari
Sonlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo'shma, juft va takroriy sonlarga bo’linadi.
SODDA SON. Bir asosdan iborat sonlar sodda son hisoblanadi. Sonlar affiksatsiya (morfologik) usuli bilan yasalmaydi. Ya’ni sonlar so'z yasovchi qo'shimchalar orqali yasalish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun sodda sonlar deganda tub sonlar (ya’ni tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha mavjud bo'lmagan sonlar) tushuniladi. O'zbek tilida 23 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to'rt, besh... o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik... yuz, ming, million, milllard kabi. Sodda sonlardan to'qqiztasi birliklar orasida (bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz), to'qqiztasi o'nliklar orasida (o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to'qson), beshtasi yuz va undan yuqori sonlarda (yuz, ming, million, milllard) uchraydi. Shulardan sakson va to'qson qadimda ikki asosdan iborat bo'lgan (sakson = sakkiz + o'n, to'qson = to'qqiz + o'n), lekin hozirda bu so'zlarga tub so'z sifatida qaraladi. Eski tilimizda tuman (o'n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar ham ishlatilgan.
QO’SHMA SON. Qo'shma sonlar ikki va undan ortiq sonlarning qo'shilishidan tashkil topgan. Masalan, o'n ikki, bir yuz yigirma, ikki ming uch yuz o'n kabi. Hozirgi o'zbek tilida qo'shma son tarkibiy qismlarining qat’iy joylashish o'mi bor: yuzgacha bo'lgan sonlarda oldin katta son, undan so'ng kichik son keladi. Masalan, o'n bir, o'ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi sonlarda biiiik va o'nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishiham mumkin. Birlik va o'nlik sonlar yuzlik, minglik sonlarning qayerida kelishiga ko'ra ma’no juda kuchli farqlanadi: birlik va o'nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha bo'lsa, yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq son ekani anglashiladi. Masalan, ikki yuz degani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o'nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning birlik, o'nlik sonlar bilan ortganini bildiradi. Masalan, ikki yuz uch degani ikkita yuzga uchning qo'shiluvi deganidir.
JUFT SON. Juft sonlar ikki xil sonni yonma-yon keltirish orqali hosil qilinib, chama-taxmin ma’nosini bildiradi. Masalan, ikki-uch kun, besh-olti kishi, besh-o’n , o’ttiz-qirq , to’rt yuz-besh yuz , uch-to’rt ming
- TAKRORIY SON. Takroriy sonlar bir sonni aynan takrorlashdan hosil qilinadi: beshta-beshta, uchta-uchta kabi.
Takroriy sonlar ma’no kuchaytirishga , miqdorni oshirishga xizmat qiladi
Eslatma: bir-bir, birma-bir son emas, ravish hisoblanadi.
Manba: B. Raxmonov, «Son va olmosh» ma’lumotnomasi
Mavzu yuzasidan test
30 ta savol · javob belgilagach «Testni yakunlash» tugmasini bosing — to‘g‘ri javoblar va natijangiz chiqadi.
1) Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi!
2) Bir tup kessang, o‘n tup ek.
3) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi.
4) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan.
5) Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita.
1) Durroj ham Sherning so‘zini ma’qul ko‘rdi va shu o‘rmonda ikkovi do‘stona yashay boshladi.
2) Oqibat ikkovi baravar yiqildi.
3) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman.
4) Eshakning ustiga ikkitadan bo‘lib mindik.
5) Uch-to‘rt pud g‘alla ketsa ketar.
1) Bekatda o‘ntacha odam avtobus kutib turishardi.
2) Bayroq dastasida, stanokda, g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman.
3) Hindistonda millionlab gektar yerga paxta ekilar ekan.
4) Uch yuztacha navkarni qal’ada qo‘riqchilik qilish uchun qoldirdi.
1) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.
2) Pakana buvi tuxum olib hammamizga ikkitadan ulashib chiqdi.
3) Zamonaviy o‘n ikkita turk davlati bayrog‘idan yettitasida oy va yulduz ramzlari bor.
4) Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non qo‘yib chiqdim.
5) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib ko‘rishishdi.
1) Birinchi badiiy asarim «To‘rt maktub» hikoyasi edi.
2) Shoikrom uni har kuni maktabdan o‘zi olib ketar, ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi.
3) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi.
I. Gapda tartib son qatnashgan.
II. Gapdagi tartib son -inchi qo‘shimchasi bilan yasalgan.
III. Gapda tartib son aniqlovchi vazifasida kelgan.
IV. Gapda sanoq son qatnashgan.
1) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
2) Ularning to‘rtdan uch qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
3) Birinchi kuni gazlamaning to‘rtdan bir qismi sotildi.
4) Bolalar o‘zlari ham non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o‘tdi.
1) Hindistonda millionlab gektar yerga paxta ekilar ekan.
2) Bayroq dastasida, stanokda, g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman.
3) Odamlar bitta-ikkitadan bo‘lib maydonga to‘plana boshlashdi.
4) Rosa o‘n olti yil «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishladim.
5) Bekatda o‘ntacha odam avtobus kutib turishardi.
1) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman.
2) Zamonaviy o‘n ikkita turk davlati bayrog‘idan yettitasida oy va yulduz ramzlari bor.
3) Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotibdi.
4) Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak.
1) Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita.
2) O‘nning yarmi – besh.
3) O‘zi bitta, ko‘zi mingta.
4) Yetti o‘lchab, bir kes.
5) Ikki she’r daftarning ikki betida.
1) Uning mo‘ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi.
2) To‘nimning etaklarini yig‘ishtirib, Qashqamga bir-ikki qamchi bergan edim.
3) Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi ortiqcha ekan.
4) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola choy ichdi.
1) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog‘orachani keltiribdi.
2) Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‘ladi.
3) Oqibat ikkovi baravar yiqildi.
4) Qo‘limda bir metr keladigan irg‘ay tayoq.
5) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi.
1) Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ildi.
2) Amir Temur Bibixonim masjidini 1399–1404-yillar mobaynida qurdirgan.
3) Rossiyaga dastlab Mongoliyadan 1638-yilda dori sifatida choy yuborilgan.
I. Gapda arab raqami bilan yozilgan tartib son qatnashgan.
II. Gapda rim raqami bilan yozilgan tartib son qatnashgan.
III. Tartib son -(i)nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yib yozilgan.
IV. Gapda bir nechta tartib son qatnashgan.
1) Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi.
2) Birining ko‘zi qora, ikkinchisining ko‘zi ko‘k edi.
3) Jo‘jalardan ikkitasini kalxat oldi.
4) Meni qo‘rqitayotgandir desam, ikkovi chindan sudrab chiqib avtomobilga soldi.
1) Birinchi iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
2) Pahlavonning ikkinchi kun madori qolmadi.
3) Bunyod yetti kun kezdi. Yetti qora tun kezdi.
4) Paxta maydonining ko‘pligi jihatidan u dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
5) Po‘lat qizga nisbatan bir yosh katta bo‘lsa ham, ular qadrdon qo‘shni edilar.
1) Durroj ham Sherning so‘zini ma’qul ko‘rdi va shu o‘rmonda ikkovi do‘stona yashay boshladi.
2) Ota-onasining ikkalasi yoxud bittasi keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo‘ladi.
3) Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
I. Gapda jamlovchi son qatnashgan.
II. Jamlovchi son yasalganda asosdagi i unlisi tushib qolgan.
III. Gapda dona son qatnashgan.
IV. Gapda sanoq son qatnashgan.
1) Oilada kimda-kim sahar soat to‘rt yarim-beshlarda uyg‘onsa, o‘sha kartochkani olib, navbatga chopadi.
2) Yo‘lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi.
3) Chorak soat o‘tmasdan hukmnomani eshittirdilar.
4) Boburning qo‘shini esa o‘n ikki mingdan oshmasdi.
5) Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi.
1) Axir, o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi.
2) Rosa o‘n olti yil «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishladim.
3) Hamma yerim o‘ttiz yetti gektar.
4) Bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish.
1) Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi juda yoqimli, ohangdor.
2) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.
3) Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita.
4) Ular ikkitadan bo‘lib saf tortishdi.
5) Bu sopol ko‘za-chi, so‘zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga.
1) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan.
2) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi.
3) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman.
4) Odamlar bitta-ikkitadan bo‘lib maydonga to‘plana boshlashdi.
1) Bir tup kessang, o‘n tup ek.
2) Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
3) Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‘ladi.
I. Gapda donalik ma’nosi tup so‘zi yordamida ifodalangan.
II. Gapda -ta qo‘shimchasi bilan yasalgan dona son qatnashgan.
III. Gapda son aniqlovchi vazifasida kelgan.
IV. Gapda arab raqami bilan ifodalangan son qatnashgan.
1) Yetti o‘lchab, bir kes.
2) Qishpolvon o‘z vazifasin uch oy ichra o‘tarkan.
3) Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita.
4) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.
5) Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotibdi.
1) Umidjon jonholatda ikkala qo‘li bilan boshini ushlab: «Yo‘q, kerak emas!» – deya qichqirib yubordi.
2) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
3) Hotamjon ikkala oyog‘ini qimirlatolmay yotardi.
4) Durroj ham Sherning so‘zini ma’qul ko‘rdi va shu o‘rmonda ikkovi do‘stona yashay boshladi.
1) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi.
2) Oqibat ikkovi baravar yiqildi.
3) Meni qo‘rqitayotgandir desam, ikkovi chindan sudrab chiqib avtomobilga soldi.
4) Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi.
5) Ota-onasining ikkalasi yoxud bittasi keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo‘ladi.
1) Bu raqamlar X asrda Ispaniyaga, XII asrda Yevropaga kirib bordi.
2) Al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud topgan.
3) Asar 1145-yili R. Chester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan.
I. Gapda tartib son qatnashgan.
II. Gapdagi tartib son rim raqami bilan yozilgan.
III. Gapda tartib son aniqlovchi vazifasida kelgan.
IV. Gapda kasr son qatnashgan.
1) Yetti o‘lchab, bir kes.
2) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib ko‘rishishdi.
3) Opam bizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi.
4) Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita.
5) Ikki she’r daftarning ikki betida.
1) Zulfiqorovning xotini bitta qiyiqchada uch-to‘rtta anor olib keldi.
2) Uch-to‘rt pud g‘alla ketsa ketar.
3) Yuragi shuvillab, cheklanib o‘tarkan, uch-to‘rt yashar qizchaga ko‘zi tushdi.
4) Uch-to‘rt qadam narida yotgan aravani endi ko‘rdi.
1) Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar.
2) Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida.
3) Bir tup kessang, o‘n tup ek.
4) Zulfiqorovning xotini bitta qiyiqchada uch-to‘rtta anor olib keldi.
5) Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi!
1) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola choy ichdi.
2) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog‘orachani keltiribdi.
3) Abdulla qovunchiga o‘sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi.
I. Gapda hisob so‘zi qatnashgan.
II. Gapda juft son qatnashgan.
III. Gapda arab raqami bilan ifodalangan son qatnashgan.
IV. Son hisob so‘zi bilan birga aniqlovchi vazifasida kelgan.
1) Axir, o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi.
2) Hamma yerim o‘ttiz yetti gektar.
3) Uning mo‘ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi.
4) Ichkaridan nuroniy bir chol chiqib kelibdi.
5) Boburning qo‘shini esa o‘n ikki mingdan oshmasdi.
1) Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q.
2) Ikkinchi arava to‘nkarilib, uchinchi aravani ancha nariga surib borib, g‘ildiraklarining yarmigacha qumga ko‘mib qo‘yibdi.
3) Yuz qadamcha narida qumga botib yotgan uchinchi aravaning o‘ng tomonida saman yo‘rg‘a unnardi.
4) Aravaga qo‘shib bo‘lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo‘q.